Ijtimoiy tarmoqda reklama joylayotgan blogerlar soliq to‘lashi shart - Soliq qo‘mitasi

© Jeshu JohnPlanshet s otkritim v internete saytom
Planshet s otkritim v internete saytom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, personal sahifalarda reklama joylashi va shu yo‘l bilan daromad orttirishiga "noqonuniy faoliyat" deya ta’rif berilgan.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddilari internetdagi maxsus sahifalar va instagram, telegram, feysbuk kabi ijtimoiy tarmoqlarda reklama e’lonlarini joylashtirish orqali daromad olayotganlar soliq to‘lashlari kerakmi degan savolga javob berdi.

Shaxnoza Turaxujayeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning eng yaxshi blogeri mukofotga olgan 15 mln so‘mni nimaga sarflashini aytdi

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi telegram kanalida xabar berildi.

Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati vakili Muzaffar-Yusuf Nazarov "daromad olishga yo‘naltirilgan har qanday faoliyat turi tadbirkorlik hisoblanadi", deya ta’kidlagan.

"Qanday yo‘l bilan daromad topishingizning ahamiyati yo‘q. Davlat ro‘yxatidan o‘tishingiz shart. Agar siz daromad topish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, yo yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo yuridik shaxs sifatida albatta davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishingiz kerak".

Shuningdek, blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, personal sahifalarda reklama joylashi va shu yo‘l bilan daromad orttirishiga "noqonuniy faoliyat" deya ta’rif berilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Aydos Qoshanovga ko‘ra, qonunda blogerlik tushunchasi bo‘lmasa-da, lekin kishi kimdandir pul olib, xizmat ko‘rsatar ekan, bu xizmat ko‘rsatish evaziga haq olish hisoblanadi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holat sifatida qayd etiladi. "Qonunda blogerlik tushunchasi mavjud bo‘lmasa-da, xizmat ko‘rsatish degan tushuncha bor", - degan u.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona soliq to‘lov stavkalari tasdiqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ahmadjon Suyunov ijtimoiy tarmoqda reklama joylab pul topayotgan blogerlar patent, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma olishi kerakligini ta’kidladi.

Agar ijtimoiy tarmoqlarda reklama orqali daromad ko‘rayotgan shaxs davlatga soliq to‘lamasa, undan texnika vositasi (telefon, noutbuk, planshet, kompyuter) olib qo‘yilish mumkinligi aytildi.

"Agar kimda-kim noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, biz undan tadbirkorlikni qanday vosita orqali amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha vositasini, jihozini olib qo‘yishga to‘laqonli haqqimiz bor. Bu qonun doirasida kafolatlangan. Olib qo‘yilgan jihoz 30 kungacha ushlab turilishi mumkin", - deb aytgan Qoshanov.

Ta’kidlanishicha, shaxs yoki bloger 30 kun ichida davlat ro‘yxatidan o‘tsa, olib qo‘yilgan jihozlari qaytarib beriladi.

Muloqotda qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida elektron tijorat sohasida soliqlarning joriy etilishi ko‘zda tutilgan va u yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0