Migratsiya

Oʻzbekistonliklarning Rossiyada ish topishi osonlashadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishSoiskatel rabotы
Soiskatel rabotы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati Oʻzbekistondagi xususiy bandlik agentliklarini Rossiyaning boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ulamoqchi

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Oʻzbekistondagi xususiy bandlik agentliklari Rossiyaning boʻsh ish oʻrinlari bazasiga ulanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimiga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre Moskvы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekiston Rossiyaga migrantlarning registratsiya qilish muddatini choʻzish boʻyicha taklif kiritdi

Oʻzbekiston rekruting agentliklarini Rossiya ish izlash tizimiga jalb qilish masalasi Oʻzbekiston-Rossiya davlatlarining navbatdagi hukumatlararo komissiyasining mehnat migratsiyasini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilishida, Krasnoyarskda muhokama qilindi.

"Oʻzbekistondagi har bir xususiy agentlikni Rostrudning kasbiy aloqalar boʻlmish SkillsNet.ru ijtimoiy messenjeriga ulash boʻyicha qaror qabul qilindi", - deb aytgan Bandlik vazirligi xodimi.

U shuningdek, Oʻzbekistondagi xususiy agentliklar "Rabota v Rossii" portalida oʻz shaxsiy kabinetlarini ochishlari mumkinligini ham qoʻshimcha qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, yaqin ikki yil ichida Oʻzbekiston va Rossiyadagi ish izlash tizimlari integrallashuvi ustida ish olib boriladi. Ushbu sektorda shaffoflikni taʼminlash, ikki davlat mutasaddi idoralarining yanada samarali hamkorligi masalasi koʻrib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala