Ashraf G‘ani Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. ShHTning Bishkek sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Mirziyoyev turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va gumanitar almashinuvlar kengayib borayotganini alohida ta’kidladi.

Glavi gosudarstv - chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Yarim koinotni birlashtirgan sakkiztalik: davlatlar nega ShHTga intiladi?

Uchrashuvda Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish hamda ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb etishga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarishning amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

“Prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun davlati rahbariga minnatdorlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Bishkekdagi ShHTga a’zo davlatlar kengashi 14-iyungacha o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0