“Farhod” bozorida keksa yoshli ayol vafot etishi holati yuzasidan bayonot berildi

© XSSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bozor hududida ikkita bemor borligi ma’lum bo‘ladi va zudlik bilan boshqa “tez yordam” brigadasi jo‘natiladi. Ammo, “tez yordam” borgunicha bemor yo‘lovchi mashinada shifoxonaga olib ketilgan ekan.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Farhod” dehqon bozori hududida keksa yoshli bir ayolning tobi qochgani va chaqirilgan “tez yordam” kechikib kelgani tufayli bemor shifoxonada vafot etgani haqida xabarlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu holat o‘rganildi.

Skoraya pomosh, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
"Tez yordam" uchun “propiska” kerak emas – Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 8-iyun kuni soat 10:24 va 10:34 oralig‘ida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call markaziga alohida-alohida ikkita qo‘l telefonidan qo‘ng‘iroq bo‘ladi va ulardan biri yoshi 50-60, ikkinchisi 60-70lar oralig‘ida ayolning “Farhod” dehqon bozori hududida sog‘lig‘i yomonlashganini ma’lum qiladi.

Ushbu ma’lumot zudlik bilan Uchtepa tumani 4-podstansiyasiga yetkazilib, voqea joyiga “tez yordam” brigadasi jo‘natiladi. Navbatchi dispetcher vaziyatni o‘rganish maqsadida soat 10:44 larda qo‘ng‘iroq qilganida “tez yordam” manzilga yetib borib, bemorga birinchi yordam ko‘rsatayotgan bo‘ladi.

Biroq, soat 10:59 da “Farhod” bozoridan yana telefon bo‘lib “tez yordam” kutishayotganini ma’lum qilishadi. Shunda bozor hududida ikkita bemor borligi ma’lum bo‘ladi va zudlik bilan boshqa “tez yordam” brigadasi jo‘natiladi. Ammo, “tez yordam” borgunicha bemor yo‘lovchi mashinada shifoxonaga olib ketilgan ekan.

“Bozorlar, chorrahalar, jamoat joylarida biror baxtsiz hodisa ro‘y bersa yoki kimningdir tobi qochib qolsa, odatda voqeaga guvoh bo‘lgan yo‘lovchilar “tez yordam” chaqiradi. Bunday murojaatlarda ko‘pincha tez tibbiy yordamga muhtoj bemorlar bozorning yoki chorrahaning qaysi burchagida ekanligi aniq ko‘rsatilmaydi. Aksariyat hollarda telefon qilgan odam ham voqea joyidan ketib qoladi. Natijada “tez yordam” mashinasi bemorni topolmay ovora-yu sarson bo‘ladi, bemor topilguncha ancha vaqt yo‘qotiladi. Ko‘pchilik hollarda bunday chaqiriqlarda bemorlarni topish imkoniyati bo‘lmaydi” - deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Davron Sultonov.

Ministr zdravooxraneniya RF Veronika Skvorsova - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonga keladi

Vazirlik xabarida aytilishicha, bugungi kunda Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholiga xizmat ko‘rsatayapti.

Tizimda 705 nafar shifokor va 1150 nafar o‘rta tibbiy xodimlari hamda dispetcherlar faoliyat yuritayapti. Ushbu tez tibbiy yordam brigadalariga kuniga o‘rtacha 3000ga yaqin (kuz-qish mavsumlarida chaqiriqlar 4000 dan ham oshadi) chaqiriq tushadi. Ularga o‘z vaqtida borib tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.

Tez tibbiy yordam xizmatining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Call- markazlar faoliyati ham takomillashapti. Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiya tarkibidagi shunday markazda 2 nafar shifokor 36 nafar o‘rta tibbiy xodim – dispetcherlar aholidan tushgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilyapti.

Yangiliklar lentasi
0