Xiyonatda qo‘lga tushgan mushukning o‘takasi yorildi – video

Obuna bo‘lish
Ikki “oshiq” boshqalarning ko‘zini shamg‘alat qilib, shakarguftorlik qilishga ahd qilishadi. Bir-birlariga bo‘lgan cheksiz muhabbatlarini bayon aylab, ko‘ngilxushlik qilishadi. Ularning shirin suhbati kutilmaganda o‘zgacha yakun topdi.

Hayvonlar ham insonlar singari xiyonatni kechirishmaydi. O‘z yorini boshqasi bilan ushlab olsa, uning ta’zirini berib qo‘yishiga shak-shubha yo‘q. Bizning qahramonlar ham bundan mustasno emas.  

Oshiqlar boshqalarning ko‘zinini shamg‘alat qilib, shakarguftorlik qilishga ahd qilishadi. Bir-birlariga bo‘lgan cheksiz muhabbatlarini bayon aylab, ko‘ngilxushlik qilishadi. Ularning bu shirin suhbatiga rashkchi mushuk nuqta qo‘ydi.

Ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri o‘z yoriga xiyonat qilayotgan bo‘lgan. Yorini xiyonat vaqtida ushlab olgan rashkchi mushukning jazavasi qo‘zib, har ikkisini ta’zirini berishga shaylanadi. Chaqqonroq bo‘lgan oshiqlardan biri uning changalidan qutilib qoladi. Ikkinchisi nima bo‘lganiga oxirigacha tushunib yetmay, joyida qotib qoladi. Bir ozdan so‘ng nima bo‘lganini anglab, o‘takasi yorilib ketadi va oyog‘ini qo‘liga olib qochadi.

O‘ylaymizki, hammasi yaxshilik bilan yakun topgan. Mana shunday noqulay vaziyatga tushmaslik uchun hech qachon xiyonat ko‘chasiga qadam ko‘ymagan ma’qul deb hisoblaymiz.

Yangiliklar lentasi
0