Minus 7 kilo – qanday qilib bir yarim oyda ozish mumkin

© Sputnik / Sergey GuneyevMujchina s golim torsom.
Mujchina s golim torsom. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik kolumnisti Bakit Tolkanov "qorin yo‘qotish" jangida qanday xatolikka yo‘l qo‘ydi? Necha kiloga ozdi? Bu savollarga javobni – uning materialida olishingiz mumkin.

Kolumnist Bakit Tolkanov shaxsiy ozish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Olimlar organizm nima sababdan qarishga qarshi kurashni to‘xtatishini aniqlashdi

Yigirma yettinchi aprel kuni ozish bo‘yicha shaxsiy tajribamni boshladim. Loyiha muddati – ikki oy. Nonushtaga bo‘tqa, shuningdek, meva-sabzavotlar va sut mahsulotlarini tanovvul qilaman. Tushlikka tovuq, baliq, garniriga sabzavotlar yoki sho‘rva iste’mol qilaman.

Ba’zan o‘zimni huquq-tartibot organlari nazoratida bo‘lgan korrupsionerdek his qilaman. Faqat organ xodimlari rolida  do‘stlarim, tanishlarim, ba’zan hatto notanish odamlar bo‘ladi.

Kunlardan bir kuni bir kafeda do‘stlarimdan biri hazil tariqasida kaminaga gazlangan ichimlik taklif etdi. Shunda, qo‘shni stolda o‘tirgan va sal oldin parhezim haqida eshitgan bir necha kishi qanday javob qaytarishimni katta qiziqish bilan kuzatib turgani guvohi bo‘ldim.

Mening "undan ko‘ra mineral suv ichganim yaxshi" degan javobimni eshitishgach, ularning hammasi bosh barmoqlarini tepaga ko‘tarib, meni qo‘llab-quvvatlashdi va pivo ichishda davom etishdi.  

Bir hafta oldin esa menda cheat meal, boshqacha qilib aytganda parhezni rejali buzish sodir bo‘ldi. Bu ozayotgan kishilarga oddiy mahsulotlardan charchab, "sinib qolmaslik", modda almashinuvini tezlashtirish uchun kerak. Odatda haftada bir marta cheat meal qilsa bo‘ladi.  

Vrach izmerayet diametr jivota, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qanday qilib qorinni yo‘qotsa bo‘ladi: olimlar eng samarali usulni aniqladi

Shu kuni men bir dona chuchuk (qozoqcha shujuk, turk xalqlarda an’anaviy go‘shtdan tayyorlanadigan taom) iste’mol qildim. Bo‘lak juda kichkina bo‘lsada, do‘stlarim e’tirozi ancha katta edi. Ayrimlar meni "sindi" desa, boshqalari hazil aralash "hayriyat, endi bazm dasturxonida asabga teguvchi omil emassan", dedi. Shunda ularga cheat meal nima uchun kerakligi haqida tushuntirishimga to‘g‘ri keldi.

Zararli ovqatdan uzoqlashdim

Men uchun endi popkornsiz kino, zararli ovqat va alkogol ichimliklarisiz bazmlar odatiy holga aylangan edi. Yog‘li va qovurilgan taomlar haqidagi xotiralar hech ham ishtahamni qitiqlamasdi. Lekin ba’zan kechalari o‘zimni go‘yo butun boshli qo‘yni paqqos tushirishga tayyordek his qilardim. Bunday holatlar uchun doim kefir va olma g‘amlab qo‘yman – qo‘zi ham omon qoladi.

Albatta, birorta zararli ovqat yeyish istagi paydo bo‘ladi, biroq bir-ikki qoshiqdan so‘ng qiziqish albatta so‘nardi.  

Bu nimani anglatadi? Muammo avvalo – inson organizmi ehtiyojlaridamas, balki boshda va ko‘p yillik odatlarda.

Vazn nima bo‘ldi?

Har qanday ozayotgan odam "plato ta’siri" haqida biladi. Bunda garchi ovqatlanish odatdagidek bo‘lib, jismoniy harakatlar ko‘paygani bilan vazn pasayishdan to‘xtaydi. Buning oddiy siri – organizm ovqatlanish va mashqlarga ko‘nikib qoladi. An’anaviy xatolar – ratsioningizni bir dona olma va karam bargiga tushirib, jismoniy zo‘riqishni kuchaytirish (Shvarsenegger ham yig‘lavorardi).

Planeta Zemlya. Vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Insoniyat nimadan nobud bo‘lishi mumkin – olimlar asosiy 4 ta tahdidni ma’lum qilishdi

Aslini olganda "rejimni davom ettirish kerak", bu yerda cheat meal ning roli katta: eslataman, u moddalar almashinuviga yordam beradi. "Plato" menda ham bo‘ldi – ikki hafta davomida vaznim 70-71 kilodan tushmadi va faqat keyinchalik kamayishni boshladi.

Bugun ertalab tarozi 68,9 kilogrammni ko‘rsatdi. Agar 27-aprelda 78,5 kilo bo‘lgan bo‘lsam (kiyim ikki kilo), men 7-7,5 kilogramm vazn tashlagan edim. Nega raqamlar taxminiy? Chunki birinchi tarozi ko‘chaniki edi. Men yana necha kilo ozishni istayman? Menda ma’lum bir chegaraga yetish maqsadi yo‘q, asosiysi qorin yo‘qotish, hozirgi vaznim esa meyo’rida, deb bilaman.     

Yana bir yaxshi yangilik – press mushaklari ortida joylashgan yog‘larning kamaygani. Uning meyoridan ortiq bo‘lishi ichki organlarga yomon ta’sir ko‘rsatadi va u qorin chiqib qolishining sabablardan biri hisoblanadi. “Aqlli” tarozi sotib olganimdan beri (uch hafta) visseral yog‘ darajasi normal holatga keldi. Lekin bo‘shashish kerak emas.

Sport bilan shug‘ullanish

Ma’lum bo‘lishicha, men mashqlarni umuman noto‘g‘ri bajargan ekanman: "otjimanie"ni qo‘llarni katta ochgan holda bajarganman. O‘tirish mashqida esa tizzalar "oldinga" chiqqan holda bajarganman, press mashqini bajarganda asosiy og‘irlik orqa mushaklarga berilgan. Buni kurs oxiriga kelganda bilib qoldim. Kurs davomiyligi – 6 hafta. Men bularning barchasidan xabardor kishi bilan maslahatlashganimdan so‘ng, uchinchi haftadan dasturni boshladim. Mutaxassis meni tinchlantirdi, mashqlar baribir o‘z foydasini berdi. U menga mashqlarning miqdoriga emas, sifatiga e’tibor berish kerakligini eslatdi.

Chernika - Sputnik O‘zbekiston
Eng foydali nonushtalar ro‘yxati

O‘ylaymanki, 27-iyungacha yakunlashga ulgurmasam ham, bu katta muammo emas. Asosiysi – raqamlardamas, mushaklarim chiniqqanida. Kichik maslahatim: men yo‘l qo‘ygan xatolarni qaytarmaslik uchun, uzoq yillar sport bilan shug‘ullangan mutaxassis, murabbiylar bilan maslahatlashing. Boshqa tomondan, men "otjimanie" mashqini nihoyat 50-marta bajarishga qodir bo‘lganimdan xursandman, chunki bir yarim oy oldin, 10-marta bajarganimda, pensiya rasmiylashtirishga tayyor bo‘lib turgan edim. Umuman olganda, vaqt masalasi muammo bo‘lgani sababli jismoniy mashqlarni asosan kechasi bajardim, bu irodani tarbiyalash uchun foydali bo‘ldi.  

Tungi marafon

Dam olish kuni do‘stim bilan kechasi bir nechta tungi kafelarni aylanib chiqdik – umumiy harajatlar, taksi xizmatini hisobga olganda katta bo‘lmadi.

Do‘stim mendan farqli o‘laroq bir necha baravar ko‘p sarf-harajat qildi. Nega deysizmi? Chunki men spirtli ichimliklar iste’mol qilmadim, eng qimmat ichimligim - alkogolsiz mevali va asalli punsh bo‘ldi. Aytgancha, mablag‘larimni tejashim oqibatida yaqinda do‘stimga kattagina miqdorda qarz berib turish imkoniga ega bo‘ldim.

Xulosa

Albatta, jismoniy mashqlar bilan bog‘liq o‘ng‘aysiz holatdan afsusdaman, biroq ushbu tajribam ko‘p samara berdi. Endilikda xuddi shohlardek miriqib uxlayapman, ertalab oshqozonimda "tosh" bilan uyg‘onganim yo‘q, qolaversa mushaklarimni ham endi "shalviragan", deb aytib bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0