Reklama to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishDemontaj reklami
Demontaj reklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, kalyan va elektron sigaretlar reklamasi tartibi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik.Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Planshet s otkritim v internete saytom - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqda reklama joylayotgan blogerlar soliq to‘lashi shart - Soliq qo‘mitasi

Hujjat loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tayorlandi.

Qonunning maqsadi reklamani tayyorlash, tarqatish va joylashtirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunda reklama bo‘lgan mualliflik huquqi yozilgan.

“Reklama to‘liq yoki qisman mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Qonun loyihasida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va (yoki) reklama beruvchining xohishiga ko‘ra qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda tarqatiladi.

Ushbu talab faqat xorijiy tillarda joylashtiriladigan radio, televidenie, bosma nashr va internetga, shu jumladan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar)ga tadbiq etilmaydi.

Reklama matnining tarjimasi uning asosiy mazmuniga muvofiq bo‘lishi lozim.

Qonuning 21-moddasida televidenie va radiodagi reklama tartibi bayon etilgan.

Tele-, radio-, video-, kinoxronik ko‘rsatuv dasturlari (jumladan, teleradio do‘koni reklamalari kabi)da tarqatiladigan reklamaning umumiy davomiyligi, reklamali (jumladan, homiylik qilingan reklama) televizion va radio dasturlarni uzilishi bir soat ichida efir vaqtining 15 foizdan oshmasligi kerak. Bu talab ko‘rsatuvning (eshittirishning) ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.

Anti-monopoliya qo‘mitasi rahbari Igor Artemyev, Rossiya raqobat haftasi anjumanida - Sputnik O‘zbekiston
Anti-monopoliya xizmati Google ni reklama haqidagi qonunni buzganlikda ayblamoqda

Tele-, video-, kinoxronik dasturlarda reklama (jumladan, homiylik reklamasi) uchun uzilishi har 15 (o‘n besh) daqiqadan keyin amalga oshirilib, bunda umumiy reklamaning davomiyligi tele-, video-, kinoxronik dasturlarining har bir reklama blokida 4 daqiqadan oshmasligi kerak.

10 minutdan kam davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) umuman, 10 minutdan ortiq davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa bu teleko‘rsatuvlarning (radioeshittirishlarning) mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin emas.

Reklamani bitta reklama birligida takrorlash taqiqlanadi. Ushbu taqiq turli videolarga ega bo‘lgan mahsulot reklamasiga taalluqli yemas.

Qonun loyihasida dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, rag‘batlantiruvchi tadbirlarni o‘tkazish, energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki, tamaki mahsulotlari, kalyan va elektron sigaretlar, pirotexnik vositalar, qurol-yarog‘ va harbiy mahsulotlar, qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq xizmatlar, teatr-konsert tadbirlari reklamasida fonogrammadan foydalanish haqidagi ma’lumot reklamasi tartibi haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0