Sudakov: AQShga qarashli uchuvchisiz uchish qurilmalarini joylab, Polsha urushga yo‘l ochmoqda

© SputnikPolitolog, amerikanist, kandidat politicheskix nauk, professor Akademii Voyennix Nauk RF Sergey Sudakov
Politolog, amerikanist, kandidat politicheskix nauk, professor Akademii Voyennix Nauk RF Sergey Sudakov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy siyosatshunos Sergey Sudakov Vashington va Varshava o‘rtasida tuzilgan bitim Rossiya uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf ekanligini aytmoqda. Ekspert so‘zlariga ko‘ra, AQSh Polshadan allaqanday plasdarm, ya’ni "Yevropaning ikkinchi kuch markazi"ni hosil qilmoqchi

AQSh va Polsha mudofaa sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Hujjatga muvofiq, amerikaliklar Polsha hududida MQ-9 - razvedkani amalga oshiruvchi uchuvchisiz uchish qurilmalari eskadrilyasini joylashi mumkin.

Ekspert fikriga ko‘ra, bu kabi harakatlar Vashingtonning Rossiya chegarasi yaqinida o‘z harbiy ishtirokini kuchaytirish strategiyasiga to‘liq mos tushadi. Shu bilan birga, AQSh ushbu plasdarm orqali kichik Yevropa davlatlari deb ataluvchi bu mamlakatlar uchun o‘ziga xos "harbiy tom" hosil qilmoqchi. Polsha esa Amerika talabiga bajonidil "labbay", deb javob qaytarmoqda, chunki u bu harakatlar o‘laroq o‘zini xavfsizlantirib olmoqchi.

"Bu yerda shuning anglash joizki, o‘z bortida kattagina miqdordagi jangovar o‘q-qurollarni tashishga qodir ushbu uchuvchisiz uchish qurilmalari - bu mudofaa emas, balki hujum qilish uchun mo‘ljallangan aslahalar sifatida qabul qilinadi. AQShning talablariga ko‘ngan Polsha esa urushga yo‘l ochmoqda. Vashingtoning maqsadi aniq, u Polshadan Yevropadagi Germaniya singari yirik siyosiy o‘yinchilarga qarshi plasdar hozirlamoqda", - deb ta’kidladi Sudakov.

Ekspertning to‘liq izohini Sputnik Radiosida tinglang.

Sudakov: razmeshaya u sebya bespilotniki SShA, Polsha vstayet na tropu voyni v Yevrope
Yangiliklar lentasi
0