Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Orol dengizining qurigan qismida demarkatsiya ishlarini oʻtkazadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStarыy korabl na beregu Aralskogo morya
Starыy korabl na beregu Aralskogo morya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tomonlar Orol dengizining qurib qolgan qismidagi Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasi uchastkasida dala demarkatsiya ishlarini amalga oshirishga kelishib oldi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. 2019-yilning 10-14-iyun kunlari Jizzax shahrida Oʻzbekiston-Qozogʻiston Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Na dne Aralskogo morya vыsadili pervыe derevya dlya borbы s opustыnivaniyem - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Tiklanayotgan sahro: Orol dengizi hududi qanday oʻzgarmoqda

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda davlatlararo chegara demarkatsiyasi boʻyicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishlar davom ettirildi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismidagi Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasi uchastkasida dala demarkatsiya ishlari bajarilishi yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunlarida delegatsiya rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Toʻlqin Abdullayev va Qozogʻiston Respublikasi TIVning maxsus topshiriqlar boʻyicha Elchisi Zulfiya Amanjolova tegishli Bayonnomani imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0