TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. FIFA tashkiloti milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.
Yangilangan reytingda Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz mavqeini yaxshilab olgan. Endilikda Oʻzbekiston 1286 ochko jamgʻargan holda reytingda 3 pogʻona yuqorilab, 82-oʻrinni band qilib turibdi.
Jahon reytingidagi yetakchilikni Belgiya milliy jamoasi 1746 ochko bilan qoʻldan boy bermasdan kelmoqda. Birinchi uchlikka Frantsiya (1746 ochko) va Braziliya (1681 ochko) ham kiritilgan. Angliya milliy jamoasi oʻz mavqeini yoʻqotmasdan, 4-pogʻonani egallab turibdi. Millatlar ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Portugaliya terma jamoasi oʻz mavqeini yaxshilab, nufuzli beshinchi oʻrinni egallagan.
Kuchlik oʻnlik quyidagicha yakunlangan: Xorvatiya (6-oʻrin), Ispaniya (7-oʻrin), Urugvay (8-oʻrin), Shveytsariya (9-oʻrin), Daniya (10-oʻrin).
🆕 #FIFARanking
— FIFA.com (@FIFAcom) 14 iyunya 2019 g.
🇧🇪@BelRedDevils increase lead 🔝
🇵🇹@selecaoportugal into the top 5⃣
🇮🇹@azzurri among notable climbers 📈
ℹ️👉 https://t.co/LbFoRGD9hj pic.twitter.com/kMaVLhsZYU
Shuningdek, FIFA reytingining yangi talqinida Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori oʻnlikka oʻz mavqeini yaxshilagan Oʻzbekiston kiritilgan. Unda umumiy reytingda 20-oʻrindagi Eron milliy jamoasi yetakchilik qilmoqda. Keyingi oʻrinlardan Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq, Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrin olgan. Suriya esa 2 pogʻonani yoʻqotib, Oʻzbekistondan keyin 85-oʻrindan joy olgan.