Isroil OHIChK deklaratsiyasiga qarshi chiqdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaUkrashenie goroda Dushanbe k sammitu SVMDA
Ukrashenie goroda Dushanbe k sammitu SVMDA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroil rasman OHIChK deklaratsiyasining 3ta bandiga qarshi ekanligini e’lon qildi.  

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Isroil  Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi yakunida imzolangan deklaratsiyaning uchta paragrafiga qarshi chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Isroil Quddus shahri maqomiga oid bo‘lgan OHIChK deklaratsiyasining 17, 18 va 19 paragraflariga qarshi chiqqan. Ushbu paragraflarda musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Quddus shahrining maqomiga taaluqlidir.

Sammit SVMDA - Sputnik O‘zbekiston
OHIChK oltinchi sammiti 2022-yilda o‘tkaziladi

Xususan, deklaratsiyaning 17 - bandida OHIChK davlatlari Yaqin Sharqdagi vaziyat va bu borada BMT rezolyutsiyalarining bajarilmayotganidan xavotirda ekanliklari qayd etilgan. Shuningdek, OHIChK davlatlari Quddus shahrining maqomi bir tomonlama o‘zgartirilishiga qarshi ekanliklari qayd etilgan.

Deklaratsiyaning 18 - bandida OHIChK davlatlari Eron yadroviy dasturi bo‘yida birgalikda tuzilgan ish rejasini qo‘llab-quvvatlashlari va ushbu shartnomaning boshqa qatnashchilaridan ham o‘z majburiyatlarini bajarish talab qilingan.

19 - bandda Yaqin Sharqda yadroviy va boshqa ommaviy o‘lim qurollaridan xoli hudud tashkil qilish taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil oxirida AQSh Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan va o‘z elchixonasini ushbu shaharga ko‘chirgan edi. Bunga nafaqat Islom davlatlari, balkim dunyoning boshqa mamlakatlari ham qarshi chiqishgan, BMTning taaluqli rezolyutsiyasi qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0