Dunyoda

AQSH harbiy samolyoti Rossiya chegarasida razvedka olib bordi

© VVS SSHARC-135U - AQSH razvedkachi samolyoti
RC-135U - AQSH razvedkachi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Amerikaning harbiy samolyoti Kaliningrad viloyati chegarasida razvedka olib bordi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. AQSH harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot Kaliningrad viloyati chegarasida razvedka olib bordi. Bu haqda RIA Novosti Plane Radar portaliga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Moskva vaqti bilan soat 9:50 da RC-135V Rivet Joint radiorazvedka samolyoti Buyuk Britaniyaning Mildenxoll aviabazadan uchib chiqdi.

Ikki soatdan soʻng havo kemasini Kaliningrad viloyati chegara yaqinida koʻrishdi.

Oxirgi vaqtlarda xorijiy, shu jumladan AQShning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo boʻlmoqda.

Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida koʻrishmoqda.

Pentagon Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiruviga qaramasdan razvedka operatsiyalarini oʻtkazishni toʻxtatmayapti.

Yangiliklar lentasi
0