Jamiyat

Andijon hokimligi koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻygan – Bosh prokuratura

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bosh prokuratura "Andijoncha spektaklni" oʻrganib chiqib, viloyat hokimligi koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻyganini aniqladi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Andijon shahrida prezident tashrifi arafasida ehtiyojmand ayollarga uy berilib, prezident ketganidan soʻng uylar qaytib olingani haqidagi vaziyatni oʻrganib chiqdi,Andijon viloyati hokimligi tomonidan koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻyilganini aniqladi, deb xabar qilmoqda muassasa.

“Oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari 5 nafar ehtiyojmand ishchilarga kottej berilishini vaʼda qilib, ulardan bu haqida ommaviy axborot vositalariga intervyular olinishiga erishib, kottejlarga ularni uy egasi sifatida kiritib qoʻyib, biroq yakunda ularga kottej ajratmasdan, koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻygan”, - deyilgan xabarda.

Ushbu munosabat bilan Bosh prokuratura Andijon viloyat hokimi nomiga zudlik bilan aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasini hal qilish hamda bu kabi holatlarga chek qoʻyish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali 2019 yil 31 mart, 3 may va 16 may kunlari “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi” MCHJning uy-joyga muhtoj boʻlgan 6 nafar ishchilari ishtirokida, ularga sovgʻa sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar koʻrsatilgan, 16 may kuni ular oila aʼzolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qoʻyilgan. Prezident tashrifi yakunlanganidan soʻng, ushbu uylardan beshtasi olib qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0