Sport

Professional futbol ligasi bosh direktori isteʼfoga chiqdi

© PFLOmon Gafurov
Omon Gafurov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon Gʻofurov isteʼfoga chiqdi.  

TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon Gʻofurov oʻz arizasiga binoan isteʼfoga chiqdi, deb xabar qilmoqda PFL matbuot xizmati.

Omon Gʻafurov Oʻzbekiston Prfessional futbol ligasini 2017 yilning 10 oktyabridan buyon egallab kelayotgan edi. xayrlashuv nutqida u oʻz jamoasiga minnatdorlik bildirib yangi rahbariyatga muvaffaqiyatlar tiladi.

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston PFL Sport boʻlimi xodimi taʼmagirlik qilgani uchun qoʻlga olindi

“Oʻtgan davr mobaynida biz futbolni rivojlantirish uchun koʻp ishladik. Men yelkama-yelka boʻlib ishlagan bizning jamoamizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va gʻalabalar tilab qolaman. Ishda maʼlum xatoliklar boʻladi. Men buning uchun futbol hamjamiyati va  futbol muxlislaridan uzr soʻrayman. Oʻzbek futboli va uning muxlislari katta gʻalabalarga munosib. Men hammaga minnatdorlik bildiraman”, - dedi Omon Gʻafurov.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ham Omon Fayzullayevich Gʻafurovning keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi, - deyilgan xabar soʻngida.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil mavsum boshida PFL faoliyatiga doir bir necha masalalar jamoatchilik tanqidi va muhokamasiga sabab boʻlgan edi. Ular orasida jamoalar uchun badal toʻlovlari miqdori oshirilgani va ligaga aʼzo boʻlish reglamentining keskinlashgani ham bor. Ayrim mutaxasislar fikriga koʻra ushbu sabablar tufayli Oʻzbekiston PFLda jamoalar soni kamaygan boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0