TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Yangi oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
2019/2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari:
Bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
- kunduzgi taʼlim shakliga – 80 210 nafar;
- maxsus sirtqi shaklga – 13 595 nafar;
- sirtqi taʼlim shakliga – 18 165 nafar;
-kechki taʼlim shakliga –1 985 nafar.
Magistrlar tayyorlash boʻyicha – 7 695 nafar.
DXM orqali hujjat topshirish mumkin boʻlgan OTMlar roʻyxati eʼlon qilindi
Shuningdek, prezident qarori bilan 2019/2020 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar uchun bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklining har biri boʻyicha alohida besh foizli qabul koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Oliy taʼlim muassasalari roʻyxati alohida eʼlon qilinadi.