Rossiya harbiylari ikkita eng zamonaviy MiG-35 qiruvchini qabul qilishdi

Obuna bo‘lish
MiG-35 – yangi 4++ avlod, eng zamonaviy qiruvchi samolyot hisoblanadi. U havoni zabt etish, yer va suvdagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Rossiya Harbiy fazo kuchlari birinchi ikkita zamonaviy MiG-35 qiruvchini qabul qilishdi. Bu haqda “MiG” samolyotsozlik korporatsiyasi bosh direktori Ilya Tarasenko ma’lum qildi.

Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal  - Sputnik O‘zbekiston
Putinga “Xanjar” raketali MiG-31 qiruvchi samolyot ko‘rsatildi

“So‘nggi uch yil ichida biz MiG-35 dastrui bo‘yicha jiddiy silshishga erishdik. Qisqa vaqt ichida bu samolyotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, sinovdan o‘tkazib, 2,5 yil ichida tajriba-muhandislik ishlardan Mudofaa vazirligi bilan shartnomagacha yetib keldik”, - dedi Tarasenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil yakuniga qadar yana to‘rtta qiruvchi yetkazib beriladi.

Korporatsiya Mudofaa vazirligi bilan MiG-35 bo‘yicha yana bir shartnoma imzonishiga umid qiladi, deb qo‘shimcha qildi Tarasenko.

MiG-35 qiruvchi – 4++ avlod ko‘p maqsadli yangicha qiruvchi samolyot hisoblanadi. U havoni zabt etish, yer va suvdagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan.

2017 yil 26-yanvarda sinov parvozi amalga oshirildi. “Armiya-2018” forumida Mudofaa vazirligi va “MiG” korporatsiyasi 2023-yilgacha 6 ta qiruvchilarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0