Dunyoda

Abxaziyada mahalliy fuqaro yubka kiygan shotlandiyalikni doʻpposladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishShotlandskiye bolelщiki
Shotlandskiye bolelщiki - Sputnik Oʻzbekiston
Abxaziyada mahalliy fuqaro yubka kiygan turistni doʻpposladi.

TOSHKENT, 18 iyun – Sputnik. Abxaziyada noodatiy kiyim kiygan shotlandiyalik erkakni doʻpposlashdi, deb xabar qilmoqda Rossiya ijtimoiy tarmoqlari.

Ushbu voqea 14 iyun kuni Ritsa qoʻli yaqinida sodir boʻlgan. Turistlar avtobusdan tushib tabiat manzaralarini tomosha qilayotgan vaqtda mahalliy yosh yigit shotlandiya erkaklarining anʼanaviy kiyimi kilt (yubka) kiygan erkakka musht tushira ketgan. Turist oʻzini himoya qilishga majbur boʻlgan.

Ushbu voqeaga ijtimoiy tarmoqlarda turlicha munosabat bildirildi. Birovlar shotlandiyalik turist borayotgan joyining urf-odatlarini bilmasligida ayblashgan boʻlsa boshqalar abxaziyalik mezbonni “yovvoyilikda” ayblashdi. Ikkinchi guruhdagilar soni koʻproq boʻldi desak xato boʻlmaydi.

Maʼlumot uchun, Abxaziya – Kavkaz hududida joylashgan kichik respublika boʻlib  asosan turizm va vinochilik sanoatidan daromad oladi. Respublika aholisining 64 % - nasroniylar, 14 % - musulmonlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala