Putin va Tramp uchrashuvini kim buzishga urinayapti?

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite "Gruppi dvadsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G-20 sammiti arafasida The New York Times gazetasida amerikalik xakerlar Rossiya elektr stansiyalariga hujum qilgani haqidagi yolg‘on xabarlar paydo bo‘ldi. Ushbu axborotni chiqarishdan asl maqsad nima?

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Mana 3-yildan buyon har safar G20 davlatlari sammiti arafasida ayrim kuchlar tomonidan nima bo‘lsa ham Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuviga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan harakatlar amalga oshirilayotganini kuzatish mumkin, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Galiya Ibragimova.

Ana shunday harakatlardan biri putin va Tramp uchrashuvi oldidan g‘arbiy nashrlara xakerlar aralashuvi yoki hujumi haqida vahimali sarlavhali xabarlarning chiqishidir. Birorta ham ishonchli dalil, isbot keltirilmagan, “Oq uydagi ishonchli manbaa”ga asosan chop etilayotgan ushbu xabarlar mualliflari darhol “aybdor” tomonni ham ko‘rsatib qo‘yishadi.

Maqsad - nima qilib bo‘lsa ham uchrashuvni buzish 

2017 yilda Gamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti oldidan Bloomberg  agentligi rossiyalik xakerlar AQShning Wolf Creek AESiga hujum qilishni rejalashtirayotganini xabar qilishgan edi. O‘shanda jurnalistlar birorta ham dalil isbot keltirmasdan “Oq uydagi ishonchli manbaa”ga asosan xabar tarqatishgan va darhol Moskvani jazolashga chorlashgan edi. Keyinchalik ushbu xabar yuzasidan hech qanday tekshiruv yoki sud – hech narsa o‘tkazilmadi, ma’lumotlarning davomi ham chiqmadi, voqea o‘z o‘zidan axborot olamidan yo‘qolib ketdi.

Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova. - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova: Tramp Putin bilan uchrashuvni AQShdagi ichki vaziyatlar tufayli bekor qildi

2018 yilda Xelsinkida bo‘lib o‘tgan Rossiya – AQSh sammiti oldidan The Wall Street Journal nashri AQShning GES va IESlari to‘xtatilib mamlakat qorong‘ulik ichida qolishi haqida vahimalari xabarlar chop etishgan va yana darhol Moskvani jazolashga chorlashgan edi. Maqolani o‘qigan kishida “Ruslar shunday bemaza bo‘lsa Tramp Putin bilan uchrashishi nima kerak?” degan savol o‘z o‘zidan paydo bo‘lar edi.

Ushbu voqealar zanjiridan 2019-yil ham mustasno bo‘lmadi. Osakada kutilayotgan G-20 sammiti arafasida, Putin va Tramp uchrashuvi rejalashtirilayotgan bir paytda The New York Times nashri yana “hujum” boshladi. Ular yozishiga ko‘ra, amerikalik xakerlar Rossiya elektr stansiyalariga va muhim infratuzilma obyektlariga ommaviy hujum qilayotgani, ushbu hujumlar AQSh harbiy qo‘mondonligi tomonidan tashkillashtirilayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Rossiyada ushbu xabarlarning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi, barcha elektr stansiyalar bekamu-ko‘st ishlamoqda.

Yana xakerlar yana elektr stansiyasi yana vahima...

Buyam yetmagandek NYT fantaziyasini rivojlantirishda davom etdi: "AQSh Rossiyaga xaker hujumlarini kuchaytirmoqda, lekin ushbu hujumlar haqida ataylab prezident Trampga xabar qilinmagan, chunki u bexosdan davlat sirini ochib qo‘yishi mumkin...", -  deb yozadi nashr navbatdagi maqolasida.

Nima bo‘layotganini tushunmay hamma hayron bo‘lib turgan bir vaqtda Tramp o‘z tvitterdida ushbu yolg‘on xabarlarga javob yozdi.

“The New York Times o‘quvchilari kamayib ketayapti, ommaviylik ortidan quvib ular AQSh Rossiyaga qarshi kaiberhujumlarni kuchaytirmoqda deb yozgan. Bu – virtual sotqinlik va bu – g‘irt yolg‘on! Korrupsiyalashgan media hamma narsaga tayyor. Ular qo‘rqoq va xalq dushmani!” – dedi Tramp Twitterda.

Bundan bir necha yil oldin bo‘lib o‘tgan voqealarni esga olsak, Tramp prezident bo‘lgan kunidanoq AQShning Demokratlar partiyasi qo‘l ostida bo‘lgan gazetalari bir ovozdan “AQShda prezident sayloviga Rossiya aralashgan” deb jar sola boshladi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp telefonda 1,5 soat gaplashdi: gap nima haqda bordi?

Bu borada qancha-qanda ayblovlar to‘qildi, Rossiya barcha xalqaro maydonlarda qoralandi, sanksiyalar kiritildi va oradan 3-yil o‘tib – AQSh prokurori Robert Muller Kongress oldida "Rossiya AQSh prezidenti saylovga aralshganining isboti topilmadi", deb hisobot berdi va ish yopildi.

Hech qanday asosga ega bo‘lmagan, mutlaq yolg‘on xabar OAVda qayta-qayta takrorlanaverib, ikki mamlakat munosabatlariga ulkan zarar yetkazdi. Biznes milliadlab zarar ko‘rdi.

OAV – to‘rtinchi hokimiyat deyishadi. Ushbu hokimiyat nomunosib yoki g‘arazli maqsadni ko‘zlagan kishilar qo‘liga tushib qolsa ana shunday bo‘larkan...

Yangiliklar lentasi
0