Oʻzbekiston "Gruz-200" boʻyicha barcha harajatlarni koʻtaradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKrыlo samoleta
Krыlo samoleta - Sputnik Oʻzbekiston
Vazir shuningdek, Oʻzbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham oʻz fuqarolarini oʻz hisobidan chiqarib ketishga tayyorligini qoʻshimcha qildi

TOSHKENT, 18 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev "Gruz-200" boʻyicha barcha harajatlar Oʻzbekiston tomonidan toʻlanishini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston migratsiya siyosati - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston migratsiya siyosati

Bu haqda Kuddbiyev Toshkentda kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Oʻzbekiston fuqarolari uchun "Gruz-200" toʻlov jarayonini ancha yengillashtirish qarorini qabul qildik. Bu borada Rossiya Federatsiyasidagi vakillarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz. Agar avval "Gruz-200" toʻlovini amalga oshirish uchun patent va soliq toʻlovlari kvitantsiyalarini talab qilgan boʻlsak, hozirda bu hujjatlar talab etilmaydi. Oʻzbekiston davlati "Gruz-200" boʻyicha harajatlarni toʻlashni oʻz zimmasigak oladi. Faqat bir jihatni eʼtiborga olish muhim bu yerda, Rossiya katta davlat, va agar hodisa mamlakatning olis nuqtasida sodir boʻlgan boʻlsa, u yerga yetib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni bir oz vaqt talab etishi mumkin", - dedi Kudbiyev.

Vazir shuningdek, Oʻzbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham oʻz fuqarolarini oʻz hisobidan chiqarib ketishga tayyorligini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala