Migratsiya

Mehnat vaziri xususiy bandlik agentliklari xizmati narxi qachon arzon boʻlishini aytdi

© Press-slujba Minzanyatosti UzbekistanaMinistr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Vazir shuningdek, xususiy bandlik agentliklarining xizmat koʻrsatish koʻlami kutilgani kabi katta boʻlmayotganini qoʻshimcha qildi.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev xususiy bandlik agentliklarining ishga joylashtirish uchun katta narx qoʻyayotgani yuzasidan fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Trudovaya knijka - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mehnat vaziri ishsizlar soni eng koʻp boʻlgan viloyatlarni sanab oʻtdi

"Menga koʻpincha shu savolni berishadi, nega xususiy bandlik agentliklari chet elga ishga joylashtirishda katta narx qoʻyapti, deb. Bu jarayondan oʻtivolishimiz kerak, nazarimda. Raqobatni oʻzi yaqin kelajakda mehnat bozoridagi xizmat koʻrsatish narxlarini muvozanatga olib keladi, bizga faqat ozgina vaqt kerak boʻladi", - deya tushuntirdi Sherzod Kudbiyev.

Vazirning aytishicha, xususiy bandlik agentliklarining xizmat koʻrsatish koʻlami kutilganidek katta boʻlmadi.

Joriy yilning besh oyi davomida agentliklar ularga murojaat qilgan 21 mingdan ziyod fuqarolardan, atigi 1017 nafar fuqaroni ishga joylashtirgan boʻlsa, shulardan 962 nafari chet elda, xususan, Birlashgan Arab Amirliklari (2), Litva (40), Rossiya Federatsiyasi (398), Turkiya (509) kabi davlatlarga ishga joylashtirilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri keltirgan statistik raqamlarga koʻra, Oʻzbekistonning 2,5 million fuqarosi mehnat migrantlari sifatida xorijga chiqib ketgan boʻlsa, ulardan 2 millionga yaqini Rossiyada faoliyat yuritadi va har yili vatanga 4 milliard dollarga yaqin mablagʻlarni oʻtkazadilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala