Jamiyat

Andijon va Termiz aeroportlari nima sababdan yopilgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGosti pribыvayut v mejdunarodnыy aeroport goroda Termeza
Gosti pribыvayut v mejdunarodnыy aeroport goroda Termeza - Sputnik Oʻzbekiston
Andijon va Termiz aeroportlarining uchish-qoʻnish yoʻlaklari va infratuzilmasi yangilanayotgani sababli - parvozlar toʻxtatilgan.

TOSHKENT, 20 iyun – Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” nima sababdan bugungi kunda Andijon va Termiz aeroportlari ishlamayotganini xabar qilishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

Yerdagi qurilmalar va aerodromlar boshqaruvi departamenti Anton Xodjayan aytishiga qaraganda Andijon aeroporti 2018 yilning oktyabr oyidan beri yopilgan.

“Ushbu aeroport uchish-qoʻnish yoʻlagi gʻarbiy samolyotlar qoʻnishi talabiga javob bermaydi. Xususan, biz ichki parvozlar uchun foydalanayotgan A320 samolyotlari uchun”, - dedi Xodjayan.

Undan tashqari ushbu havo darvozasi yangi terminal va infratuzilmaga muhtoj. Hozir esa, uni hech boʻlmasa bir martalaik parvozlar amalga oshirish uchun, minimal talablar darajasiga yetkazishga harakat qilayapmiz, - dedi mutaxassis.

Termiz aeroportiga kelsak, yaqinda u yerda yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi qurishga qaror qilindi. Yerdagi barcha infratuzilma ham yangilanishi kerak. Ushbu masalalar hal qilinganidan soʻng MAK Andtijon aeroporti bilan shugʻullanishni boshlaydi, deb soʻzini yakunladi kompaniya vakili.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala