Yog‘och bilan ham gaplashish kerak - o‘ymakor ustalik sirlari

Obuna bo‘lish
Toshkentlik o‘ymakor usta Javlon Umarov Sputnik muxbiriga o‘z kasbining sirlarini hikoya qilib berdi.

Usta Javlon Umarov aytishiga qaraganda yog‘och o‘ymakorligida asosan yong‘oq daraxtidan foydalaniladi, chunki ushbu yog‘och murakkab naqshlar tushirilganda ham yorilib ketmaydi.  

Dastlab yong‘oq yog‘ochi 15-20 yil davomida quritiladi. Daraxt yoshi qancha katta bo‘lsa yog‘och sifati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Mana shu yog‘ochlarning yoshi 100-yildan oshgan.

"Yog‘och bilan ham gaplashishni bilish kerak. Yog‘och tolalari hal tomonga o‘sgan bo‘ladi. Gaplashishni bilmasangiz yog‘och bilan ishlash qiyin", - deydi usta.

Undan keyin stanokda bo‘lajak likobchaning shakli beriladi. Shaklga qalam bilan naqshlar chiziladi va ushlab kesib olina boshlaydi. Buning uchun turli shakllarga ega bo‘lgan asboblardan foydalaniladi. Odatda har bir naqsh uchun o‘zining ma’lum uskunalari bor.

Naqshlar kesib olinganidan keyin ularning ichiga chakich bilan nuqta-nuqta qo‘yib chiqiladi.

Shundan so‘ng mahsulot qumli qog‘oz bilan yaxshilab silliqlanib chiqiladi va laklanadi.

Ushbu kasbning asosiy siri – qilayotgan ishingiz o‘zingizga yoqishi kerak. Mehr berib ishlash kerak. O‘shanda ish yaxshi chiqadi. Keyin usta doimo izlanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0