TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze isteʼfoga chiqdi. Bu haqda “Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya” partiyasi bosh kotibi Kaxa Kaladzening soʻzlariga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Qabul qilingan qaror xalq oldidagi maʼsuliyatdir”, - deya maʼlum qilgan Irakliy Kobaxidze.
Kecha Tbilisida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Namoyishlarga Pravoslav parlamentlararo assambleyasi bosh sessiyasining ochilish marosimida tashkilot rahbari, Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning parlament rahbari kursisiga oʻtirgani sabab boʻlgan.
Uning maʼlum qilishicha, uni spiker oʻrniga Gruziya tomoni “bunday tadbirlar bayonnomasiga muvofiq” oʻtqazgan.
Bu “Yagona milliy harakat” va “Yevropacha Gruziya” partiyasi muxolifatchi deputatlarining noroziliklariga sabab boʻladi. Shu yoʻsinda ommaviy tartibsizliklar va norozilik aktsiyalari boshlanib ketadi. Namoyish ishtirokchilari Rossiya delegatsiyasini zudlik bilan Gruziyani tark etishlarini talab qilishadi. Bundan tashqari, parlament spikeri Irakliy Kobaxidze, shuningdek, IIV Georgiy Gaxariya hamda Milliy xavfsizlik xizmati rahbari isteʼfoga chiqishini talab qilishadi.
Shuningdek, hukumatga qarshi miting boshlandi. Toʻqnashuvlar oqibatida kamida 240 kishi jarohatlangan. Rossiya TIV “Gruziyaning radikal siyosiy kuchlari” harakatlarini qoraladi. Rossiya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Grigoriy Karasin Tbilisida Rosssiya delegatlari ishtirok etgan Pravoslav parlamentlararo assambleyasi yigʻilishi bu tarzda toʻxtatilganidan gʻazablanganini maʼlum qildi.