TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Xorazmda qoʻshnilarning janjali qotillik bilan yakunlandi.
IIV xabariga koʻra, 19 iyun kuni Xonqa tumanida yashovchi 26 yoshli S.I. qoʻshnisi 45 yoshli B.T.ning uyida oʻzaro janjal sabab uni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.
“Natijada B.T. kasalxonaga yotqizilgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, - deyiladi xabarda.
Jinoyatchi qoʻlga olingan va holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.