Putin oʻzbeklarga tan berdi

© Ramil SitdikovPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya yetakchisining oʻzbek millati haqidagi gapiga Xitoy Xalq Respublikasi raisi ham toʻliq qoʻshilishini maʼlum qildi

TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev senatning 20-yalpi majlisida soʻzlagan nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Tszin Pin bilan boʻlgan norasmiy muloqotni, hamda yetakchilar oʻzbeklarga tan berishgani haqida esladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, voqea Bishkekda boʻlib oʻtgan SHHT sammiti vaqtida roʻy bergan.

Oʻzbekistonlik artislar ishtirok etishgan kontsertdan soʻng, prezidentlar uchun norasmiy ziyofat tashkil etilgan. Mirziyoyevning aytishicha, Rossiya prezidenti oʻzbek madaniyatidan qattiq hayratlangan va Mirziyoyevga qarab, oʻzbek milliy liboslari va raqslari - tan olishga, hayratlanishga arziydigan tarixiy merosligini taʼkidlaydi.

Davrada oʻtirgan Xitoy rahbari Si Tszin Pin ham Putinning gapini maʼqullagan holda "Oʻzbek madaniyatini hech qaysi millatnikiga taqqoslab boʻlmaydi", deb qoʻshimcha qilgan.

Mirziyoyev senat majlisi ishtirokchilariga oʻzbek millati haqida yaxshi gaplarni eshitish rahbar uchun naqadar maroqli ekanini bildirdi va oʻsha vaqtda "Oʻsha vaqt ikkalasi koʻzimga yaxshi koʻrinib ketdi", dedi prezident.

Mirziyoyevning ushbu samimiyligi rahbar nutqini onlayn-kuzatib oʻtirgan jurnalistlarga ham juda manzur keldi.

Yangiliklar lentasi
0