TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida “Qurol toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.
Hujjat davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar qonuniy asosda egalik qilayotgan va foydalanayotgan qurol muomalasini tartibga solish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.
Qonunga muvofiq, qurollar maqsadi hamda asosiy parametrlari va tavsiflariga koʻra fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga boʻlinadi.
Fuqaroviy va xizmat qurollari Milliy gvardiya organlarining uch oylik ruxsatnomalari asosida olinishi mumkin.
Oʻquvchi sumkasidan pnevmatik avtomat topilgani haqidagi xabar yuzasidan XTV axboroti
Hujjatda keltirilishicha, fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, Milliy gvardiya organlari bu haqda arizachini rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda, qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.