Foto

Ilgʻor texnologiyalar va keng imkoniyatlar: Oʻzbekistondagi birinchi EIZ hayotidan reportaj

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan chet el ommaviy axborot vositalari muxbirlari 20-iyun kuni "Navoiy" viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdilar

"Navoiy" EIZ - oʻn bir yil muqaddam Oʻzbekistonda birinchi boʻlib tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonadir. Bu zona avvaliga Navoiy shahri yonida 564 gektar maydonni egallagan. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil may oyidagi farmoni bilan EIZ hududi butun Navoiy viloyati chegarasichaga kengaytirildi.

Zamestitel xokima Navoiyskoy oblasti Uktam Islamov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Navoiy viloyati - Oʻzbekiston “Silikon vodiy”siga aylanadi

Joriy yil fevral oyida "Navoiy" EIZga direktor etib tayinlangan, kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Rossiya fuqarosi - Habib Abdullayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda EIZ imtiyozlari va afzalliklari haqida gapirdi.

"Navoiy EIZ boʻyicha qabul qilingan may oyidagi prezident qarorini inqilobiy hujjat, deya baholash mumkin. Endi Navoiy EIZda biznes tashkil qilmoqchi boʻlgan investorlar bu ishni oson va arzon yoʻlga qoʻya oladilar. Agar ularning loyihalari eskportga, Oʻzbekistonda import qilinayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan, innovatsion ishlab chiqarish, yoki yuqori texnologiyali ishlab chiqarish boʻlsa investorlar Navoiy viloyatida istalgan hududda ishlab chiqarishni tashkil qilishi mumkin", - dedi EIZ direktori.

Abdullayev, oʻzi rahbarlik qilayotgan "Navoiy" EIZning Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi oʻrni haqida gapirar ekan, u "lokomotiv" vazifasini bajarmasa-da, ammo oʻta jiddiy pilot loyiha, yetakchi loyiha ekanligiga urgʻu berdi.

Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan chet el ommaviy axborot vositalari muxbirlari 20-iyun kuni "Navoiy" EIZ direktori taklifi bilan viloyatida tashkil etilgan erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdilar.

Sputnik muxbirining EIZ toʻgʻrisidagi fotoreportajini eʼtiboringizga havola qilamiz.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan chet el, xususan, Afgʻoniston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Rossiya va Turkiya davlatlari OAV vakillari 20 iyun kuni "Navoiy" EIZ faoliyati bilan tanishdilar.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
1/11
Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan chet el, xususan, Afgʻoniston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Rossiya va Turkiya davlatlari OAV vakillari 20 iyun kuni "Navoiy" EIZ faoliyati bilan tanishdilar.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Navoi Cable Connector" xorijiy korxonasi - Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan zavodlardan biridir. U 2015 yil dekabrda faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati 30 million dollar.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
2/11
"Navoi Cable Connector" xorijiy korxonasi - Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan zavodlardan biridir. U 2015 yil dekabrda faoliyatini boshlagan. Loyiha qiymati 30 million dollar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKorxonada 1 kVTdan 400 kVTgacha boʻlgan alyumin va mis simli yuqori kuchlanishga ega boʻlgan kabellar ishlab chiqariladi. Zavodda 100 nafar ish oʻrni yaratilgan.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
3/11
Korxonada 1 kVTdan 400 kVTgacha boʻlgan alyumin va mis simli yuqori kuchlanishga ega boʻlgan kabellar ishlab chiqariladi. Zavodda 100 nafar ish oʻrni yaratilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova2019 yilda mis va alyumin kabellar eskportidan tushgan tushum 4 million dollarni tashkil qilgan.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
4/11
2019 yilda mis va alyumin kabellar eskportidan tushgan tushum 4 million dollarni tashkil qilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Navoi Cable Connector" korxonasi kelajakda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, La-Mansh boʻgʻozi suvlari ostidan oʻtadigan kabellar ishlab-chiqarishini yoʻlga qoʻymoqchi.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
5/11
"Navoi Cable Connector" korxonasi kelajakda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, shuningdek, La-Mansh boʻgʻozi suvlari ostidan oʻtadigan kabellar ishlab-chiqarishini yoʻlga qoʻymoqchi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYuqori voltli kabellar xaridorlari - bu Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi, Turkiya va Xitoy davlatlaridir. 2018 yildan oldingi davrlarda Yevropa davlatlariga ham eksport qilingan.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
6/11
Yuqori voltli kabellar xaridorlari - bu Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi, Turkiya va Xitoy davlatlaridir. 2018 yildan oldingi davrlarda Yevropa davlatlariga ham eksport qilingan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMana shunday kabelning bir metri ogʻirligi 20 kilogrammni tashkil etadi.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
7/11
Mana shunday kabelning bir metri ogʻirligi 20 kilogrammni tashkil etadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJurnalistlar shuningdek, 2018 yilda ishga tushgan, umumiy qiymati 37 million dollar boʻlgan "Benkam" nomli alyumin zavodida ham boʻldilar.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
8/11
Jurnalistlar shuningdek, 2018 yilda ishga tushgan, umumiy qiymati 37 million dollar boʻlgan "Benkam" nomli alyumin zavodida ham boʻldilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBu zavodda Rossiyaning "Rosal" kompaniyasidan import qilinadigan alyumin xom-ashyosidan alyumin profillar ishlab chiqariladi. Shuningdek, avtomobil va tibbiyot sohasida ishlatiladigan alyumin mahsulotlar ishlab-chiqarilishi ham yoʻlga qoʻyilgan.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
9/11
Bu zavodda Rossiyaning "Rosal" kompaniyasidan import qilinadigan alyumin xom-ashyosidan alyumin profillar ishlab chiqariladi. Shuningdek, avtomobil va tibbiyot sohasida ishlatiladigan alyumin mahsulotlar ishlab-chiqarilishi ham yoʻlga qoʻyilgan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIshlab chiqariladigan mahsulotning 70%i Kanada, Germaniya, AQSH, Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinadi.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
10/11
Ishlab chiqariladigan mahsulotning 70%i Kanada, Germaniya, AQSH, Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlarga eksport qilinadi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Navoiy" EIZga 2019 yil 1 iyun holatiga koʻra, 44 tadbirkor tomonidan 191,2 mln. dollar investitsiya kiritilgan. Shu bilan birga 25 ta tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan qiymati 126,6 mln. dollar boʻlgan 25 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 280,7 mln. dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, 82,3 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilish hamda yangi 1738 ta ish oʻrinlari tashkil qilish koʻzda tutilgan.
Proizvodstvo vыsokovoltnыx kabeley v Navai SEZ - Sputnik Oʻzbekiston
11/11
"Navoiy" EIZga 2019 yil 1 iyun holatiga koʻra, 44 tadbirkor tomonidan 191,2 mln. dollar investitsiya kiritilgan. Shu bilan birga 25 ta tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan qiymati 126,6 mln. dollar boʻlgan 25 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 280,7 mln. dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, 82,3 mln. dollarlik mahsulotni eksport qilish hamda yangi 1738 ta ish oʻrinlari tashkil qilish koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0