Toshkentda tashkil etiladigan yangi universitetga 2,1 mln dollar ajratildi

© spot.uzUniversitetu v Tashkente videlili 2,1 mln dollarov
Universitetu v Tashkente videlili 2,1 mln dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda tashkil etiladigan Adju universiteti uchun Yashnoboddagi ikki kollej binosi topshirildi

TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Na odnoy iz ulis goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Adju universiteti tashkil etildi

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdorda mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududlari bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berildi, keyinchalik ushbu joyda Toshkent shahridagi Adju universiteti joylashtiriladi.

Mazkur kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar shu yerda o‘quv jarayonini davom ettiradilar.

Yangiliklar lentasi
0