Portlashlar va vahima: harbiylar aholini evakuatsiya qilmoqda – video

Obuna bo‘lish
Bugun ertalab soat 09:20da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismning omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Internetda harbiylar mahalliy aholini evakutsiya qilishi aks etgan video paydo bo‘ldi.

Barcha qutqaruv tadbirlari favqulodda vaziyatlar departamenti, Turkiston va Chimkent hokimiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Chimkent shahrida 15 ta evakutsiya punktlari ochildi. Shahar tomon 40 ta avtobus aholi bilan chiqib ketdi. Aris shahrida 43 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 16 kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0