Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amaldor uchrashuvda Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga “aralashuvi” mavzusiga ham to‘xtalib o‘tishiga ishonch bildirgan.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashadi, deya ma’lum qildi Oq uy ma’muriyatining yuqori martabali vakili. Bu RIA Novosti xabar qildi.

Ular uchrashuv davomida Eron, Suriya, Ukraina va qurollanish ustidan nazorat mavzularini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, amaldor Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga “aralashuvi” mavzusiga ham to‘xtalib o‘tishiga ishonch bildirgan.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp uchrashuvini kim buzishga urinayapti?

Rossiya TIV uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerakligini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSh yetakchisi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an, Germaniya kansleri Angela Merkel va XXR raisi Si Szinpin bilan ham uchrashadi.  

G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0