TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Qator portlashlardan soʻng Arisda joylashgan masjid binolari hech qanday jiddiy talofat koʻrmadi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.
Masjid xizmatchilarining soʻzlariga koʻra, ayrim binolarga kichik shikast yetkazildi.
Internetda video tarqaldi. Unda Arisdagi masjidlardan biri aks etgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
“Birorta ham oyna sinmagan”, - deydi video muallifi.
Masjid qarshisida turgan uyda esa oynalar singan boʻladi.
Aris markaziy masjidining bosh imomi Abdukaman Abdukarim binolarda biroz shikast yetganini aytadi.
Imomning soʻzlariga koʻra, Aris tumanida jami 27 masjid ochilgan boʻlib, shaharning oʻzida 9 ta masjid faoliyat koʻrsatadi.