TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, respublika hududida 2019 yil 1 iyuldan boshlab hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish ixtiyoriy ravishda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar uchun majburiy tartibda joriy etiladi.
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” DUK elektron hisobvaraq-fakturalarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish boʻyicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi.
Qaror bilan Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.