TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor 7 sentyabrda, Abu-Dabidagi oktagonda rossiyalik Habib Nurmagomedov va aqshlik Dastin Puarye jangiga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda UFC prezidenti Deyn Uayt maʼlum qildi.
“Oxirgi vaqt ichida Konor pozitsiyasida hech narsa oʻzgarmadi: u Habib bilan revansh jangini xohlamoqda. Biroq biz Habibning sentyabrdagi jangni kutishimiz kerak... Konor Abu-Dabidagi jangga kelishi mumkin. Ehtimol u Habib jangida boʻladi”, - dedi Uayt.
UFC rahbari fikriga koʻra, Konorning BAAda paydo boʻlishi muammo boʻlmaydi.
Oʻtgan yil kuzda Nurmagomedov Makgregorni magʻlubiyatga uchratdi. Habib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, toʻrtinchi raungda gʻalaba qozondi.
UFC amaldagi chempion kelgusi jangini amerikalik Dastin Porye bilan oʻtkazadi. Jang shu yil sentyabr oyida oʻtkazilishi kerak.