Bu qurilmaning nomi "Lantsert", bu majmua havo, yer va suvdagi nishonlarga zarba berish uchun moʻljallangan.
“Aqlli” qurol qurilmasi mustaqil holda belgilangan nishonni aniqlab, uni yakson qiladi.
Bu yangi qurol “Armiya-2019” xalqaro harbiy-texnikaviy forumda namoyish qilindi.
Beshinchi yubiley forumi 25-30 iyun kunlari “Patriot” koʻrgazma markazi, “Kubinka” aerodromi va “Alabino” poligonida oʻtkaziladi.
Koʻrgazmada 350 ortiq texnika mehmonlar eʼtiboriga havola etiladi.