Jamiyat

Sud sobiq bosh prokurorni 10 yilga qamadi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka oʻtishSudebnыy molotok, arxivnoye foto
Sudebnыy molotok, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori va uning 13 nafar sheriklari ustidan sud hukmi oʻqildi.

TOSHKENT, 26 iyun – Sputnik. Bugun Toshkent shahar jinoyat ishlari sudida Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov va uning sheriklari, jami 13 nafar shaxslar ustidan ayblov hukmi eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Podozrevayemыy v sude - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

Sud 2000 – 2015 yillar davomida Oʻzbekiston  bosh prokurori boʻlgan Rashid Qoidrovni ushbu davrlarda prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarida katta lavozimlarida ishlagan M. Mirzayev, J. Fayziyev, U. Sunnatov, R. Pulatov, A. Musashayxov, U. Xurramov, YU. Gaipov, A. Mirzayev, M. Mirzayeva, fuqarolar S. Kosimov, A. Ikramov va X. Axmedjanov bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib quyidagi jinoyatlarda aybli deb topdi:

  • pora olish (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “a” bandi),
  • pora berishga dalolat qilish (JK 28,211-moddasi 3-qismining “a” bandi),
  • firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining “a” bandi),
  • soliq va majburiy toʻlovlardan boʻyin tovlash (JK 184-moddasining 3-qismi),
  • tergov va sud ishlarini hal etishga aralashish (JK 236-moddasining 2-qismi),
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JKning 243-moddasi)
  • boshqa hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar.

Olti oy davom etgan, va “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq yopiq tarzda oʻtkazilgan sud tergovi jarayonida barcha sudlanuvchilarning koʻrsatuvlari birma-bir atroflicha tekshirildi, ikki yuzga yaqin guvohlarning koʻrsatuvlari tinglanib, ish boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza va xizmat tekshiruvlari xulosalari, shuningdek jinoyat ishida toʻplangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftish qilindi.

Otabek Muradov(sleva) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev ikkinchi bosh prokuror ham nega ishdan olinganini aytdi

Sudning hukmi bilan R. Kadirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima toʻlash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, U. Sunnatov 19 yilga, A. Mirzayev 15 yilga, U. Xurramov 14 yilga, J. Fayziyev 13 yilga, L. Musashayxov 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Qolgan sudlanuvchilarga ham qilgan qilmishlariga yarasha qonun doirasida jazolar tayinlanib, ularning barchasi qoʻshimcha jazo tariqasida muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq boʻlgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Molotok - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning oʻgʻli qidiruvga berildi

Bundan tashqari, sud ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun sudlangan R. Kadirov, M. Mirzayev, A. Mirzayev, J. Fayziyev, U. Sunnatov, R. Pulatov, U. Xurramov, YU. Gaipovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.

Sudlanganlar aybli deb topilgan jinoyatlari oqibatida yetkazilgan moddiy zararlar, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida topshirilgan pul va xatlangan mol-mulklar hisobidan qoplanishi belgilandi. 

Shuningdek, sud tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 298-moddasiga asosan, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga xususiy ajrim chiqarildi.

Sud hukmi eʼlon qilingach raislik etuvchi sud protsessi ishtirokchilariga hukmning mazmun-mohiyatini batafsil izohlab berib, shikoyat qilish muddatlari va tartibini tushuntirdi.

Yangiliklar lentasi
0