Jamiyat

XOQ boksni emas AIBAni Olimpiada dasturidan chiqardi

© MOKGolosovaniye v MOK
Golosovaniye v MOK - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigagan Olimpiada AIBA ishtirokisiz oʻtkaziladi. U yerda ishtirok etadigan bokschilarni HOQning oʻzi tanlab oladi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Chorshanba kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan majlisda, Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi Xalqaro boks federatsiyasini (AIBA) 2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada ishtirokchisi maqomidan mahrum qildi. Federatsiya maqomi Olimpiadadan keyin qayta koʻrib chiqiladi, deyilgan XOQ rasmiy xabarida.

Prezident AIBA Gafur Raximov pribыl v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
AIBA prezidentligiga saylangan Gʻofur Rahimov Oʻzbekistonga keldi

Shu bilan birga, Tokio Olimpiadasida boks sport turi boʻyicha musobaqalar saqlanib qoladi. Farqi shundaki - u yerda ishtirok etish uchun AIBA tomonidan tashkil qilingan musobaqalar natijalari hisobga olinmaydi. MOQ maxsus qoʻmitasi tomonidan bokschilar orasida alohida saralash musobaqalari tashkil qilinadi. 

Ushbu qaror bundan biroz oldin Xalqaro kurash federatsiyasi (FILA) prezidenti va  MOQ rahbariyati vaikli boʻlgan Nenad Lalovich AIBAning soʻnggi yillardagi faoliyatini oʻrganib chiqib u haqda tayyorlagan hisoboti natijasiga koʻra qabul qilingan.

Lalovich hisobotida, xususan, AIBA tomonidan soʻnggi yillarda yoʻl qoʻyilgan bir qator moliyaviy kamchiliklar - tashkilotning 16 million qarzi borligi, sudyalik muammolari, bahsli qarorlar, etika masalari hamda AIBA rahbariyatiga tayinlanayotgan nomzodlar muammolari qayd etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala