Dunyoda

Xitoy va AQSH savdo urushiga nuqta qoʻyiladimi?

© AP Photo/Andy WongFlagi SSHA i Kitaya
Flagi SSHA i Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy va AQSH savdo urushida sulh eʼlon qilishga kelishib oldi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Xitoy va AQSH savdo urushida sulh eʼlon qilishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti South China Morning Post gazetasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Torjestvennaya vstrecha prezidenta Gretsii Prokopis Pavlopulos v Pekine, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Xitoyning AQShga qarshi 3ta kuchli "quroli"

Maʼlum qilinishicha, savdo urushiga barham berilgani 28-29 iyun kunlari Osakada boʻlib oʻtadigan G20 sammitida eʼlon qilinadi.

Oʻtgan yilning iyul va sentyabr oylarida AQSH va Xitoy bir-birlariga qarshi yiliga yuzlab milliard dollarlik import mahsulotlarga bojlar joriy etgandi.  

Dekabr oyining boshlarida Argentinadagi “Katta yigirmatalik” uchrashuvi doirasida ikki mamlakat savdo urushida “sulh” tuzishga kelishib olgandi.

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH dollarni devalvatsiyaga tayyorlamoqda

“AQSH va Xitoy nizoni hal qilish uchun muzokaralarni qayta tiklash maqsadida savdo urushida yana bir sulh tuzishga kelishib oldi”, - deya manbalardan iqtibos keltiradi nashr.

Xitoy gazetasi suhbatdoshlaridan biri Amerika prezidenti xohlagan vaqtda bu masala borasida oʻz fikrini oʻzgartirishi mumkin deb hisoblaydi.

Chorshanba, 26 iyun kuni AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin CNBC telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin oʻrtasidagi savdo kelishuvi 90%ga tayyor boʻlganini va uni imzolash imkoniyati saqlanib qolganini xabar qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala