Jamiyat

Maktab direktori va oʻqituvchi oʻrtasida mojaro: mehnat vazirligi izoh berdi

© Sputnik / Anton Unitsыn / Fotobankka oʻtishPustыe partы v odnom iz klassov
Pustыe partы v odnom iz klassov - Sputnik Oʻzbekiston
Maktab direktori buyrugʻiga bilan Mehnat kodeksining 100 moddasiga (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi bandi) asosan Farhod Toshboyev bilan mehnat shartnomasi tugatilgan.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Mahalliy OAVlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 75-oʻrta maktabda yuz bergan holat yuzasidan xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev posetil shkolu Temurbeklar maktabi v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident maktablariga imtihon ikki bosqichda oʻtkaziladi

Surxondaryolik Jangil Eshqulova uning farzandi Farhod Toshboyev ishdan boʻshatilgani holati yuzasidan murojaat yoʻllaydi. Unda 2017 yil Denov tumanidagi 75-oʻrta maktabga chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fanidan oʻqituvchi vazifasiga ishga qabul qilingan. F.Toshboyev ayrim oʻquvchilar Rossiya Federatsiyasiga mehnat migratsiyasiga ketgani, ayrimlari darsga muttasil kelmagani uchun jurnalda bu holni qayd etib, ularga baho qoʻymaydi.

Onaning iddaosiga koʻra, maktab direktori Marhabo Turdiyeva F.Toshboyevdan darsga kelmayotgan oʻquvchilarning baholarini qoʻyib berishni talab qiladi. Yosh oʻqituvchi bunga koʻnmaydi. Shundan soʻng rahbar hamda oʻqituvchi oʻrtasida shaxsiy xusumat paydo boʻladi.

F.Toshboyev kerakli instantsiyalarga mavjud vaziyat yuzasidan murojaat qiladi. Maktabdagi bu holat yuzasidan prokuratura taqdimnomasiga asosan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi va F.Toshboyevning barcha vajlari oʻz isbotini topadi. Jumladan, 10-“D” sinf oʻquvchilari F.Jalilov va N.Hasanova darslarga muntazam qatnashmagani, 11-"B" sinf oʻquvchisi M.Qoʻchqorov va 11-“A” sinf oʻquvchisi I.Qobilova ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketgani, 10-“B” sinf oʻquvchilari F.Boymatov va B.Ibragimov darslarda muntazam ravishda qatnashmagani aniqlangan.

Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Har bir bola oʻz mikrohududiga biriktirilishi kerak – Xalq taʼlimi vazirligi

Maktab direktori M.Turdiyevaga Surxondaryo viloyat XTB boshligʻining buyrugʻi bilan “hayfsan” intizomiy chorasi koʻriladi. Shundan soʻng M.Turdiyeva “nomutaxassissan” degan vaj bilan F.Toshboyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini buzib, uni ishdan haydash tadorigiga tushgan.

Ushbu holat yuzasidan izoh olish maqsadida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Bandlik va aholini mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

“Maktab direktorining 2019 yil 24 iyundagi buyrugʻiga bilan Mehnat kodeksining 100 moddasi 2-qism 2-chi bandi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi) asosan Farhod Toshboyev bilan mehnat shartnomasi tugatilgan. Chunki Toshboyevning mutaxassisligi kimyo-texnolog. Biroq 102-moddaning “Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirish talablari buzilgan. Maktab direktoriga bu qoidabuzilishni bartaraf etish haqida taqdimnoma berilgan”, - deb maʼlum qilishdi matbuot xizmatida.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala