Jamiyat

Mirziyoyev jurnalistlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 27 iyun kuni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanadi.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni kasb bayrami – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborakbod etdi.

“Sizlarga oʻzimning samimiy hurmatim, ezgu tilaklarimni bildirib, mashaqqatli va olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, - deyiladi prezident matbuoti xizmati xabarida.

Prezident matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham ogʻir va masʼuliyatli boʻlgani, mamlakat yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayot mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda bu masʼuliyat yanada kuchayib borayotganini qayd etgan.

Mirziyoyev mamlakatda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotagini alohida qayd etgan. Sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, milliy media makonda turli mulk shakli hamda siyosiy-ijtimoiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat koʻrsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. 

Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Vazifangiz adolatni qaror toptirish": vazir Kamilov jurnalistlarga tabrik yoʻlladi

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, keyingi paytda mamlakat ommaviy axborot vositalari hayotidagi ijobiy oʻzgarishlar tahlili, sogʻlom tanqidiy ruh kuchayib borayotgani alohida eʼtiborga loyiq. Chunki bunday tendentsiya islohotlar samarasini oshirishga, jamoatchilik nazoratini, fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, barcha darajadagi rahbar va mutasaddilarni el-yurt fikri bilan, zamon talablari bilan hisoblashgan holda ishlashga oʻrgatadi. 

Mirziyoyev oʻzining bilim va salohiyatiga, ishchanlik fazilatlariga ishongan rahbar tanqiddan qoʻrqmaydi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni xalq bilan muloqotning samarali vositasi, deb bilishi, aslida ham bunday muloqot taraqqiyotni taʼminlaydigan eng asosiy omillardan biri ekanini taʼkidlagan.

“Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun va odob qoidalari doirasida boʻlishi, shaxsiy gʻaraz va xusumatga, soxta obroʻ orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va shaʼnini tahqirlashdan yiroq boʻlishi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo oʻrin boʻlmasligi kerak”, - deyiladi prezident tabrigida.

Prezident oʻz navbatida, ommaviy axborot vositalarining faoliyat erkinligi kafolatlarini mustahkamlash, jurnalistlarning mashaqqatli mehnatini munosib baholash va ragʻbatlantirish, jamiyatda demokratik printsiplar, fikrlar va qarashlar rang-barangligini taʼminlash borasida olib borayotgan ishlarini albatta izchil davom ettirilishini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala