Dunyoda

Rasmiy marosimda toʻsatdan Merkelni qaltiroq tutdi – video

© REUTERS / Reuters TVAngela Merkel vo vremya vstrechi s prezidentom Germanii
Angela Merkel vo vremya vstrechi s prezidentom Germanii - Sputnik Oʻzbekiston
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer qabul marosimida Merkelni qaltiroq tutdi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Rasmiy tadbir davomida navbatdagi safar Germaniya kantsleri Angela Merkelning tobi qochdi. Bu haqda RIA Novosti N-tv telekanaliga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer qabul marosimida Merkelni qaltiroq tutdi. Taʼkidlanishicha, kantslerga suv taklif qilindi, biroq uni rad etdi.

Germaniya hukumatining bayonotiga koʻra, Merkel oʻzini yaxshi his etmoqda va Yaponiyada boʻlib oʻtadigan G20 sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.  

Oʻtgan haftada Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chogʻida Germaniya kantsleri Angela Merkelning mazasi qochgandi.

Ikki davlat rahbarlari qizil gilamda turganda toʻsatdan Merkelni qaltiroq tutib, bir daqiqa ichida qoʻllari holatini koʻp marta oʻzgartirgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala