Dunyoda

Rossiya qabul qilinishi bilan yetti mamlakat PASEni tark etdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoZal zasedaniy Parlamentskoy assamblei Soveta Yevropы (PASE)
Zal zasedaniy Parlamentskoy assamblei Soveta Yevropы (PASE) - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻpchillik ovoz bilan Rossiya PASEga qabul qilinganidan soʻng, Ukraina, Estoniya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya delegatsiyalari PASEni tark etishdi.

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Bugun Yevropa parlamentlararo assambleyasida tarixiy kun boʻldi, koʻpchillik ovoz bilan Rossiya yana qaytadan PASEning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun bizning bu yerga kelishimiz, ramziy maʼnoda Rossiyaning Yevropaga uzatilgan qoʻlidir, uni siqish yoki undan voz kechish sizlarning ishingiz. Agar uni qabul qilsangiz biz shu yerda qolib jiddiy muammolarni muhokama qilishga tayyormiz, agar undan voz kechsangiz, biz yana qaytib ketishimiz mumkin”, - dedi Rossiya delegatsiyasi rahbari Petr Tolstoy.

Shundan soʻng boʻlib oʻtgan ovoz berishda Rossiyaning PASEda  qolishi uchun 116 nafar deputatlar “Ha” deb javob berdi, qarshi boʻlganlar soni esa 62 nafar boʻldi. Shu bilan Rossiya yana PASEning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi.

PASE majlislar zali - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya delegatsiyasi PASE sessiyasida qatnashishdan voz kechdi

Ovoz berishdan soʻng, mutlaq magʻlubiyatga uchragan Ukraina delegatsiyasi PASEni tark etdi. Ularga hamnafas boʻlgan Estoniya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha va Slovakiya delegatsiyalari ham zalni tark etishdi.

Maʼlumki, soʻnggi ikki kun davomida  Ukraina delegatsiyasi ushbu ovoz berishga qarshi boʻlib, uni orqaga surishga, deputatlarni oʻzlari tomonga ogʻdirishga, turli yoʻllar bilan deputatlarga bosim oʻtkazishga harakat qilgan edi, lekin bularning barchasi ish bermadi.

Eslatib oʻtamiz, bundan besh yil oldin Ukraina va bir qator gʻarbiy mamlakatlar PASEda Rossiya delegatsiyasining vakolatlarini cheklashga daʼvat qilishgan va ushbu taklif koʻpchillik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan edi. Shundan soʻng Rossiya delegatsiyasi ushbu tashkilotni tark etgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala