Siyosatga aralashma: Yulduz Usmonova Gulnorani sogʻingan artistlarga maslahat berdi

Yulduz Usmonova estrada yulduzlariga oʻgʻrining tarafini olmaslikni maslahat bergan

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Gulnora Karimovani sogʻingan sanʼatkorlarga atab, video-murojaat tayyorladi. Oʻzining Instagramida eʼlon qilgan video-rolikda sanʼatkor estrada yulduzlarini "bu safar judayam haddidan oshganlikda" ayblagan.

Feyki, zvezdы i jurnalistы: kto trebuyet osvobojdeniya Gulnarы Karimovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yulduzlar Gulnora Karimovani qoʻllab-quvvatlagani rostmi - Sputnik tahlili

"Sanʼatkorlarimizning Gulnora Karimovani qattiq sogʻinib, yuraklari ezilib ketibdi. Chiqadi boshlaringga balo boʻlib.
Mendan soʻrasalaring boʻladi, ertalabgacha xizmatlarini qilib, pulimni ololmagan kunlarim boʻlgan. Qachon koʻzlaring ochiladi? Bugun ashula aytyabsan, ertaga hech kim emassan. Nega xalqni boshini aylantiryapsanlar?", - degan sanʼatkorlarga murojaatida Yulduz Usmonova va nega Karimovani sogʻinmasligini tushuntirar ekan, "qaysi oʻgʻrini sogʻinishim kerak, u oʻgʻri-ku", degan.

Usmonova Gulnora Karimovani sogʻinib, post yozayotgan estrada yulduzlariga "xom-xatala gaplarni" yigʻishtirishni, siyosatga aralashmaslikni maslahat bergan.

"Ijod qilinglar, mikrofonni olib, tuzuk ashula aytishni oʻrganinglar. Siyosatchilar bizga tegar edi, biz xafa boʻlib, intervyu berar edik. Bugun tegmayabdi. Nega sizlar tegyabsizlar siyosatchilarga? Achchigʻim kelayotgani shu", - degan u.

Shuningdek, Yulduz Usmonova sogʻinayotlarga qarata "otlaringni bitta-bitta aytaman, xalq bitta-bitta tupursa, laʼnatning ichida qolib ketasan", degan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala