Hodisalar

Toshkentdagi Bek Toʻpi bozorida yongʻin sodir boʻldi

© Sputnik / Varvara Gertye / Fotobankka oʻtishSorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove
Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentdagi Bek Toʻpi bozorida qurilish materiallari omborxonasi yonib ketdi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Toshkentdagi Bek Toʻpi bozorida yongʻin sodir boʻldi deb xabar qilmoqda IIBB.

“Bugun 27 iyun soat 16.14da Chilonzor tumanidagi Toshkent Halqa yoʻlida joylashgan “Bektoʻpi qurilish” MCHJ omoborxonasida yirik yongʻin sodir boʻlgani haqida xabarlar yetib keldi,"- deyilgan xabarda.

Oʻt oʻchirish xizmati xodimlari voqea joyiga bir necha daqiqa ichida yetib kelishib, ishga kirishishdi. Soat 16:28da yongʻin cheklandi va soat 16:52da butunlay bartaraf etildi.

Yongʻinda qurbonlar va jarohat olganlar boʻlmadi.

Baxtsiz hodisa oqibatida maydoni 200 m2 boʻlgan omborxona yonib ketdi. U yerda oboy, laminat kabi qurilish materiallari saqlangan. Yongʻin yetkazgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala