Dunyoda

Zelenskiy Putinga murojaat qildi

© Press-slujba pogranichnogo upravleniya FSB RF po Respublike Krыm / Fotobankka oʻtishZaderjannыe ukrainskiye korabli dostavlenы v port Kerchi
Zaderjannыe ukrainskiye korabli dostavlenы v port Kerchi - Sputnik Oʻzbekiston
Zelenskiy Putinga ukrainalik dengiz harbiylarini ozod qilish haqida murojaat qildi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi.

Sʼyezd partii Sluga naroda v Kiyeve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zelenskiy prezident kabinetini koʻrsatdi

“Barchamizda farzandlar bor, bolalarni ota-onalarga qaytarib bering”, - dedi Ukraina prezidenti Kiyevda oʻtkazilgan brifingda.

Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin harbiy dengizchilar boʻyicha Rossiya notasiga javob xatini kelishmagan. Ushbu holat yuzasidan tushuntirish talab qildi.

Shuningdek, Zelenskiy soʻzlariga koʻra, u mamlakat Tashqi ishlar vazirligi harakatlari haqida internetdan bilib olmoqda.

25 iyun kuni Moskva dengiz huquqi boʻyicha xalqaro tribunal va Ukraina elchixonasiga nota yubordi. Unda aytilishicha, 24 nafar ukrainalik dengizchilarga nisabatan jinoiy ish davom etmoqda, biroq Rossiya “jinoiy-protsessual qonunchilik doirasida” muzokaralarga tayyorligini maʼlum qilgandi.

Bunga javoban Klimkin Moskvadan Xalqaro tribunal qarorini zudlik bilan va soʻzsiz bajarishi va barcha qoʻlga olingan harbiylarni ozod qilishini talab qildi.

Kerch boʻgʻozidagi hodisa

2018 yil noyabrda Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli boʻlgan uchta kema Rossiya davlat chegaralari buzdi va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga rioya qilmasdan bir necha soat davomida xavfli manevrlarni amalga oshirdi.

Chegarachilar qoidabuzarlarni ushlashdi. Kemalar bortida jami 24 harbiy boʻlgan, ular ichida 2 xavfsizlik xizmati xodimi.

Sud barcha harbiy xizmatlarni davlat chegarasini buzgani uchun hibsga olish toʻgʻrisida qaror chiqardi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala