Iqtisod

Oʻzbekistonga 6 oyda nechta qimmatbaho avtomobil olib kirilgan?

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishNa stende marki avtomobiley klassa "premium" Lexus
Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonga qiymati baland avtomobillar uchun bojxona toʻlovi kamaytirilgandan soʻng 6 oy davomida nechta premium toifaga mansub avtomobil va elektromobil olib kirilgani maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Avtomobil Land Rover Discavery - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonliklar uch oy davomida “inomarka”larga qancha sarflashdi?

Tadbirda qiymati baland avtomobillar uchun bojxona toʻlovi kamaytirilgandan soʻng olib kirilgan avtomobillar va elektromobillar soni haqida ham axborot berildi.

Maʼlum qilinishicha, 6 oy davomida premium toifaga mansub 600 dan ortiq avtomobil, 20 ta elektromobil Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 1 yanvaridan xorijda ishlab chiqarilganiga ikki yildan koʻp muddat boʻlmagan, shuningdek, narxi 40 ming AQSH dollariga teng yoki undan yuqori boʻlgan yengil avtomobillarni boj toʻlovisiz Oʻzbekistonga olib kirish mumkin. Shuningdek, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari (elektromobil) uchun TN VED kodi 870380, boj stavkasi "0" miqdorida belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala