“Aralashmang”: Tramp barchani kuldirdi – video

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Donald Tramp G20 sammiti doirasida uchrashishdi. Uchrashuv davomida Tramp Putinga yuzlanib, “muhim” bir narsani iltimos qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning Osaka shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti doirasida o‘tkazilgan uchrashuvi yakunlandi.

Muzokaralar boshlanishidan avval jurnalistlar Amerika yetakchisidan Putindan AQShda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga aralashmaslikka chaqirishini so‘rashgan. Tramp ularning iltimosini bajargan.

“Albatta, aytaman. Iltimos, saylovlarga aralashmang. Saylovlarga aralashmang”, - deya tabassum bilan murojaat qilgan Tramp.

Uning bu so‘zlaridan so‘ng barcha jilmayib qo‘ygan.

Yangiliklar lentasi
0