G20 sammiti boshlanishidan oldin Tramp va Putin qisqacha suhbatlashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite "Gruppi dvadsati"
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp o‘rtasida G20 sammiti ochilish marosimidan oldin qisqacha suhbat bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa v Xelsinki - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashadi

Ta’kidlanishicha, Rossiya va AQSh rahbarlari G20 sammiti ishtirokchilarini suratga olish marosimida ishtirok etish uchun yo‘l olayotib, qizg‘in suhbatlashishgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ikki yetakchi bir-biri bilan shunchaki salomlashgan va hech qanday jiddiy masalalarni muhokama qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp va Vladimir Putin Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida bilan uchrashishi haqida xabar qilingan edi.

Ular uchrashuv davomida Eron, Suriya, Ukraina va qurollanish ustidan nazorat mavzularini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga “aralashuvi” mavzusiga ham to‘xtalib o‘tishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0