IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi

© Press-slujba MChSBudni uzbekskix pojarnikov
Budni uzbekskix pojarnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Qora-Qamish-1 ko‘chasida joylashgan “Shabboda” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. IIV “Shabboda” kafesidagi yong‘in haqida ma’lumot berdi.

Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

IIV xabarida aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahrining Olmazor tumanida 27-iyun kuni soat 20.42da Qora-Qamish-1 ko‘chasida joylashgan “Shabboda” kafesida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 21.18 da o‘chirilgan.

“Yong‘in oqibatida kafening tom va ichki qismlari yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkentdagi Bek To‘pi bozorida ham yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0