Artikxodjayev Toshkent missiyasi haqida: poytaxt aqllilar shahriga aylanishi kerak

© Sputnik / StringerVid na telebashnyu v Tashkente
Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston poytaxti aqlli shaharga aylanishi uchun nimalar yetishmayotgani haqida gapirdi

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Toshkent hokimiyati Oʻzbekiston poytaxtini aqlli shaharga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Stroitelstvo Tashkent City_video - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Artikxodjayev: oʻzbek tadbirkorlari 700ta investor jazm qilolmagan ishga qoʻl urdi

Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev shanba kuni jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

"Toshkent respublikamiz poytaxti, yuragi. Bu yerda katta-katta ishlab chiqarishlarni tashkil etish muammo. Chunki deylik, tekstil zavodi misolida olib qaraydigan boʻlsak,unda ishlaydigan oddiy ishchining oyligi hech qachon 800 ming soʻmdan 2 million soʻmga koʻtarilib qolmaydi. Shunday boʻlgan taqdirda, zavod oʻz mahsulotlarini realizatsiya qilolmay qoladi. Yoki eʼtibor bering, bir tonna paxtaga shuncha mehnat sarflab, ming dollarga sotamiz, Amerika esa 130 gr iPhoneni shuncha pulga sotyapti. Ular aql sotyapti, biz mehnat sotyapmiz. Shu bois, meni nazarimda, biz bugun Toshkentda bogʻcha, maktab, universitetlarni qurib, yoshlarimizga zamon talabiga mos taʼlim berib, Toshkentni aqlli shaharga aylantirishimiz kerak. Biz oʻn yildan keyin mehnat emas, aql sotishimiz kerak", - deb taʼkidladi hokim.

Sal oldin Toshkent hokimi Oʻzbekiston poytaxtining yangi strategiyasi, eski tizim Oʻzbekiston xalqiga nega foyda keltirmagani haqida aytgan fikrlari haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala