Energetika vazirligi elektr-energiyasi narxini ko‘tarish bo‘yicha yangi taklifni tayyorlamoqda

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishLampi nakalivaniya
Lampi nakalivaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlikka ko‘ra, past narxdagi tariflar investorlarni jalb etishda to‘siq bo‘lmoqda

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Energetika vazirligi energiya tashuvchilari tarifini ko‘tarish bo‘yicha yangi takliflarni tayyorlamoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz nashri.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Gaz va svet narxi oshmaydigan bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Hukumatining 31-mayda imzolangan "Alohida yonilg‘i-energetika resurlari narxlar siyosatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, 2019-yilning 1-iyunidan rejalashtirilgan gaz va svet narxlari oshishi bekor qilingan edi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Moliya hamda Energetika vazirliklariga, "O‘zbekneftgaz" AJ va energetika sohasida ishlayotgan boshqa korxonalarning rentabelligidan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan narxlarni qayta ko‘rib chiqish va asosli takliflar kiritish topshirig‘i berildi.

Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumani davomida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov yangi tariflarni ishlab chiqish bilan bog‘liq holatga izoh bergan.

"Ha, haqiqatan ham energiya tashuvchilari narxini ko‘tarish bo‘yicha qaror bekor qilingan edi. Hozirda tan narxni aniqlash hamda ichki zaxiralar qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, biz hammamiz energiyarusurslari tariflari nafaqat xalqaro bozordagi, balki qo‘shnilarimizdagi tariflardan ham ancha past narxda ekanligini barchamiz tushunib turibmiz. Bu chet el investitsiyalarini muayan loyihalarga jalb qilishda murakkablik tug‘dirayotgan omillardan biridir", - dedi u.

Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlar va o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, aholi, sanoat korxonalari va barcha iste’molchilar manfaatlarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0